
Magomed Ankalaev: "Aleks Perreyraning davri o‘tdi"
UFC yarim og‘ir vazn toifasi reytingining birinchi raqamli jangchisi Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Perreyra haqida gapirdi.
“Aleks - UFC ning eng katta yulduzlaridan biri. Biroq uning davri o‘tdi. Tez orada bu ligada yangi yulduzlar va chempionlar paydo bo‘ladi" - dedi Magomed matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Ankalaev va Perreyra o‘rtasidagi jang 9 mart kuni "UFC 313" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar