
Magnus Karlsen Jahon chempionatidagi shimini kimoshdi savdosiga qo‘ydi
Norvegiyalik shaxmatchi Rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida mojaroga sabab bo‘lgan jinsi shimini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. 34 yoshli grossmeyster 28 dekabr kuni o‘yinga taqiqlangan jinsi shimlarni kiyib kelgan edi. Natijada esa Magnus kiyinish qoidalarini buzgani va kiyim almashtirishdan bosh tortgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Mazkur vaziyatga shaxmatchi o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Taqiqlangan jinsi shimlar - endi ular sizniki bo‘lishi mumkin. Men ushbu shimlarimni kimoshdi savdosiga qo‘yaman. To‘g‘risi, men bu so‘zlarni yozaman deb hech o‘ylamagan edim. Savdodan tushgan barcha pullar "Big Brother Big Sisters" xayriya dasturiga yo‘naltiriladi” — deya Karlsen xabar qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan musobaqa davomida qoidani buzganligi sabab, 200 AQSh dollar jarimaga tortilgan edi.
Fikrlar