Mag‘lubiyatga chidolmagan Ronaldu raqibini urdi va haydaldi
2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi saralash turiniri “F” guruhida etakchilik qilayotgan Portugaliya terma jamoasi safar uchrashuvida Irlandiya mehmoni bo‘ldi.
Mezbonlar hujumchisi Troy Perrott o‘yin qahramoni bo‘ldi. U birinchi bo‘limning o‘zida kuchli raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Portugaliyaliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu bunga chiday olmadi. 40 yoshli yulduz 59-daqiqada raqib himoyachisi Dara O'Shining beliga tirsagi bilan urdi. Uchrashuvni boshqargan shvetsiyalik hakam Glenn Nyuberg avvaliga Ronalduga ogohlantirish berdi. Biroq monitorda vaziyatni takroran ko‘rib chiqqan referi qarorini o‘zgartirib, Krishtianuga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
Endi Krishtianu Ronaldu terma jamoa safidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.



Fikrlar