
Mag‘lubiyat qimmatga tushdi. MYu 15 futbolchidan voz kechdi
“Manchester Yunayted” Evropa ligasi chorak final javob uchrashuvida “Sevilya”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi.
Endi bosh murabbiy Erik ten Xag kelasi mavsum uchun kuchliroq tarkibni shakllantirish borasida bosh qotirishga majbur bo‘lmoqda.
The Times nashrining yozishicha, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi talabga javob bermayotgan 15 nafar futbolchi xizmatidan voz kechishga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda, ketadiganlar ro‘yxatida David de Xea, Garri Maguayr, Viktor Lindelof, Aaron Uan-Bissaka, Skott Maktominay, Fred, Antoni Marsyal, Donni van de Bek, Fil Jons, Brendon Uilyams, Entoni Elanga, Aksel Tuanzebe, Aleks Telles, Erik Bayi, Din Xenderson kiritilgan.
Bu futbolchilardan ayrimlarining shartnomasi tugamoqda, ba’zilari ijaraga jo‘natilgan va bir necha o‘yinchi transferga qo‘yiladi.
Fikrlar