
Madrid klubiga Ikardi kerak
Madridning "Atletiko" jamoasi yozda o‘z safiga Mauro Ikardini qo‘shib olmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "matraschilar" Ikardini sotib olmoqchi. Madrid klubi Antuan Grizmann va Diego Kosta o‘rnini bosa olishi mumkin bo‘lgan hujumchi sifatida 25 yoshli argentinalik forvard qaralmoqda.
O‘z navbatida "Inter" ham Ikardini sotib yubormoqchi.
Fikrlar