Lyakazett faoliyatini yakunlaydimi? Futbolchining o‘zi bu savolga javob berdi

  • 25 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Hozircha faoliyatimni yakunlayman deyishga erta. "Lion" bilan shartnomam tugashiga ikki yil qoldi, ammo taqdirim qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi", - dedi 31 yoshli futbolchi Telefoot nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lyakazet “Arsenal”dagi 5 yillik faoliyatidan so‘ng yana “Lion” tarkibiga qo‘shildi. Ayni damda u 20 ta gol bilan Frantsiya chempionatining to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turibdi. Aleksandr PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (22 gol) va “Lill” hujumchisi Jonatan Daviddan (21 ta gol) ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!