Lunin "Real"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 5 avgust, 03:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin kelajagiga oydinlik kiritdi. "El Chiringuito TV" tomonidan tarqatilgan videoda ukrainalik golkiper avtomobilida muxlislarga avtograflar tarqatayotgani aks etgan. Shu payt u o‘z qarorini ma’lum qilgan — Lunin "Real" safida qolishni xohlamoqda.

Tecno

Ma’lumki, Tibo Kurtua sog‘lom bo‘lgan paytda Lunin asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyotiga ega emas. Shu bois, u borasidagi transfer mish-mishlari doimiy ravishda tarqalmoqda.

Andriy Lunin player of Real Madrid is training at Valdebebas training ground on August 04, 2025 in Madrid, Spain.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni "Real" futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. La Liganing birinchi turida jamoa Xabi Alonso boshchiligidagi "Osasuna"ni qabul qiladi. Uchrashuv 19 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Andrey Lunin "Real" safida shu vaqtgacha 62 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan va 70 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!