Lukman ketma-ket ikkinchi kun ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi

  • 9 avgust, 01:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ga o‘tishni istagan "Atalanta" futbolchisi Ademola Lukman ketma-ket ikkinchi kun klub bazasiga kelmadi va mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Endi esa u Italiyani tark etib, qo‘shimcha ta’tilga otlandi.

Tecno

"Football Italia" nashrining xabariga ko‘ra, bergamoliklar rahbariyati unga katta miqdorda jarima solish talabini tayyorladi. Klub bu xatti-harakatni sabablaridan qat’i nazar mutlaqo qabul qilib bo‘lmasdek deb baholamoqda.

Avvalroq "Inter" Lukman uchun bergan 45 million evro (bonuslar bilan) taklifi rad etilgandi. Milanliklar endi summani ko‘tarib, so‘ralayotgan 50 million evroga yaqinlashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!