
Lukaku uzr so‘radi
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku o‘z intervyusi uchun uzr so‘radi. U London jamoasidagi o‘rnidan norozi ekanligi va "Inter"ni tark etganidan afsuslanayotgani borasida intervyu bergandi.
"Aziz muxlislar, sizni hafa qilganim uchun uzr. Bilasizmi, men bolaligimdan bu klub bilan bog‘langanman. Endi sizlarning ishonchingizni qaytarish uchun bor kuchimni ishga solaman.
Murabbiylar, hamkorlar va rahbariyatdan ham uzr so‘rayman. Men ushbu vaziyatni tarixda qolishini istayman. Buyog‘iga "Chelsi" manfaati uchun o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni namoyish qilaman", - dedi Lukaku.
Fikrlar