Lukaku nega "Manchester Yunayted"ni tark etgani ma’lum bo‘ldi

  • 23 avgust, 2019, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni ortiqcha vazn to‘plagani uchun sotib yuborgan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher barcha futbolchilardan yozgi ta’tildan ajoyib formada qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikka darhol kirishishni so‘ragan. Biroq, Lukaku “qizil iblislar” qarorgohiga 4 kg ortiqcha vazn bilan kelgan. Shundan so‘ng norvegiyalik mutaxassis uning transferiga ruhsat bergan.

Ma’lumot uchun, “Inter” Lukakuni 65 mln evro evaziga sotib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!