Lukaku kelajagi borasida qaror qabul qildi

  • 4 yanvar, 2022, 15:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bir necha kun oldin bergan keskin intervyusiga qaramay, "Chelsi"da qoladi. 

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Lukaku "aritokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel va "Chelsi" rahbariyatiga qishda jamoadan ketmasligini aytgan. 

Kecha Romelu va murabbiy o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Unda Lukaku o‘z intervyusidan afsusda ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vaziyatda futbolchilar va rahbariyat to‘liqligicha Tuxel tomonida. 

Joriy mavsumda 28 yoshli goleador barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!