
Luis Enrike terma jamoadan ketishi haqida gapirdi
Luis Enrike terma jamoadan ketishi haqida gapirdi. Ispaniya uchun Jahon chempionati muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Ular atigi nimchorak finalgacha etib keldi. Terma jamoa 2018 yilda ham shu bosqichda o‘z yurishini to‘xtatgandi. O‘shanda ham bosh murabbiy Fernando Yerro ishdan olingan. Bu safar ham shu holat takrorlandi. Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini tark etdi. Uning o‘zi bunga quyidagicha izoh berdi.
“Albatta, o‘z hatti-harakatlari bilan namuna bo‘lgan va g‘oyaga sodiq qolgan futbolchilar meni kechirishini so‘rayman, men ularga ko‘p yordam bera olmadim.
Shuningdek, bizga yordam berish uchun tinmay mehnat qilgan ishchilarga rahmat aytmoqchiman. Bizni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Xayrlashish vaqti keldi”, - deya “Instagram”da post qoldirdi mutaxassis.
Ispaniyaning yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuente etib tayinlandi. U 61 yoshda va shu vaqtga qadar U-21 terma jamoasida faoliyat olib borardi.
Fikrlar