
Luis Enrike PSJga “Real” yulduzini chaqiryapti
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – “Pari Sen-Jermen”ga ustozlik qilayotgan Luis Enrike jamoasi tarkibida “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani ko‘rmoqchi.
Transfer News Live va Defensa Central kabi manbalarning ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchiga ispaniyalik murabbiyning shaxsiy o‘zi jiddiy qiziqish bildiryapti.
“Real” mutasaddilari esa, Eduardoning keyingi paytda jarohatlarga moyilligi oshib borayotganidan xavotirda va o‘yinchining narxi pasayib ketmasidan uni sotib yuborishga qarshi emas.
Kamavinganing madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qilishi belgilangan. Transfermarkt portali ekspertlari frantsiyalik futbolchini 60 million evroga baholayapti.
Fikrlar