Luis de la Fuente: "Pedri, Merino, Subimendi – ular ham "Oltin to‘p"ga munosib"

  • 8 sentabr, 15:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Pedri haqida yuqori baholar berdi.

Tecno

"Ajablanarli, shunday darajadagi futbolchi Evro–2024da biror gol urmagan. Bu qanchalik yaxshi ekanini ko‘rsatadi.

Tarixda futbol ko‘p marta ispan futbolchilariga nisbatan adolatsiz bo‘lgan – Xavi, Inesta yoki Xabi Alonso misolida. Hozir bizda Lamin Yamal va Fabian Ruis kabi nomzodlar bor, lekin Pedri, Merino, Subimendi – ular ham "Oltin to‘p"ga munosib.

Biroq Pedri o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Bu haqiqat", – dedi de la Fuente Turkiyaga qarshi JCh–2026 saralash bahsi (6:0)dan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!