Lui van Gal yana Gollandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 18 avgust, 2020, 22:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal bo‘lishi mumkin. Bu haqda Voetbalprimeur nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan Ronald Kumanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida 69 yoshli mutaxassisning nomzodi ham bor.

Van Gal faoliyati davomida Gollandiya terma jamoasini ikki marta boshqargan (2000-2002, 2012-2014) va “JCh-2014”da bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. U bundan tashqari "Ayaks", "Barselona", AZ, "Bavariya" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalarni ham boshqargan. 2019 yilda esa murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!