"Los-Anjeles Gelaksi" futbolchilari Ibragimovich ketganidan mamnun

  • 7 mart, 2020, 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Los-Anjeles Gelaksi" klubi yarim himoyachisi Sebasten Lletjet shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning ketishi jamoa futbolchilari uchun yoqimli holat bo‘lganini aytdi.

Tecno

“Shubhasiz, bu erdagi muhit ancha yaxshilandi. Vaqt o‘tishi bilan maydonda bir-birimizni tushunishimiz yaxshilandi.

Ibragimovich jamoada ekanligida biz o‘zimizni erkin his qilmasdik. Bu juda yoqimsiz holat edi. Butsalarimni echib, maydondan chiqib ketmoqchi ham bo‘lganman”, - dedi Lletjet.

Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" safida 2018-2019 yillarda to‘p surdi. Shundan so‘ng, u yana Evropaga qaytishga qaror qildi va “Milan” bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!