
London klubi transfer oynasi yopilishiga yaqin 2 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi!
Londonning "Fulxem" klubi transfer oynasi yakunlanishi arafasida tarkibni ikki yangi o‘yinchi bilan kuchaytiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klub "Shaxtyor" yarim himoyachisi Kevin de Masedo transferi borasida kelishib olgan. Bu transfer uchun inglizlar 40 million evro va qo‘shimcha 5 million evro bonus to‘laydi.
Shuningdek, "Milan" vingeri Semyuel Chukvueze ham jamoaga qo‘shiladi. U "Fulxem"ga ijara asosida keladi, shartnomada esa majburiy bo‘lmagan sotib olish bandi nazarda tutilgan. Umumiy bitim qiymati 25–26 million evro atrofida bo‘lishi mumkin
Fikrlar