
"Lokomotiv"ning Antaliyaga qanday tarkib bilan yo‘l olgani va kimlarga qarshi maydonga tushishi ma’lum
"Lokomotiv" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oldi.
Yig‘inda jamoaning 24 futbolchisi ishtirok etadi. Qayd etish kerak, bunda 2010 yilda tug‘ilgan «Lokomotiv» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Shukurov ham qatnashadi.
Darvozabonlar: Rahimjon Davronov, Danil Baklanov.
Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho, Davron Hoshimov, Bobir Asqarov, Shahzod G‘ofurbekov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Xudoyshukur Sattorov, Ozodbek O‘ktamov, Artyom Miftiev, Vladimir Kozak, Og‘abek Shomurodov.
Yarim himoyachilar: Azamat Komilov, Levan Arveladze, Akaki Shulaya, Nikola Popovich, Xosrov Hananov, Abdulaziz Shukurov.
Hujumchilar: Muhriddin Zoirov, Jasurbek Hakimov, Quvonchbek Abraev, Shodiyor Shodiboev, Sayiddin Mavlonov.
"Loko" 6 nazorat o‘yini o‘tkazadi va shulardan 4 o‘yin aniq bo‘lib ulgurgan:
8 fevral: «Lokomotiv» - «Ufa» (Rossiya)
11 fevral: «Lokomotiv» - «Kolxeti» (Gruziya)
17 fevral: «Lokomotiv» - «Telavi» (Gruziya)
20 fevral: «Lokomotiv» - «Sherif» (Moldova)
Fikrlar