"Lokomotiv"ni yangi mavsumda kim boshqarishi aniq bo‘ldi
"Lokomotiv" 2022 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Superligani tark etgandi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Mirko Elichich va Denis Korostichenko tandemi navbatdagi mavsumda ham birgalikda ishlaydi. 2022 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi, so‘nggi qismida jamoa boshqaruvi Mirko Elichich va Denis Korostichenko tandemiga topshirilgandi.
"Temiryo‘lchilar" navbatdagi mavsumda ham jamoa aynan ushbu mutaxassislar bilan hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qiladi.



Fikrlar