
"Lokomotiv" ukrain klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" klubi bugun ushbu yig‘in doirasida Ukrainaning "Dnepr-1" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tgan uchrashuvda "temiryo‘lchilar" 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Diyorjon Turopov, Sadriddin Abdullaev va Sanjar Qodirqulov mualliflik qildi.
Nazorat o‘yini
"Lokomotiv" (O‘zbekiston) - "Dnepr-1" (Ukraina) 3:0
Gollar: Sanjar Qodirqulov (46), Sadriddin Abdullaev (63), Diyorjon Turopov (86)
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Diego Bardanka, Islom Qobilov, Xurshid Muxtorov, Shuhrat Muhammadiev, Kaxi Maxaradze, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Islom Rashidxonov, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Bobur Asqarov, Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, Shohruh Isoqov, Ibrohim G‘anixonov, Dilshod Komilov, Avazbek O‘lmasaliev, Jaloliddin Jumaboev, Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov, Farruh Ibrohimov.
Fikrlar