"Lokomotiv" safida dublga erishgan Dilshod Komilov: "Mening vazifam himoyani mustahkamlash"

  • 4 mart, 2024, 11:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligadan Superligaga qaytgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi chempionatdagi ilk uchrashuvini o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va unda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etildi.

Tecno

O‘yin qahramonlaridan biri shubhasiz “Lokomotiv” futbolchisi Dilshod Komilov bo‘ldi. Bir yillik tanaffusdan keyin yana sobiq klubiga qaytgan bu himoyachi “Metallurg”ga qarshi bahsda ikkita gol urdi. Birinchi golini esa standartdan qoyilmaqom tarzda kiritdi. U “Lokomotiv”ga qaytib o‘zining ochilmagan qirralarini ochayotganga o‘xshaydi. Chunki Komilovning himoyachi sifatida nafaqat gol urishi, balki dublga erishishini balki hech kim kutmagandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘larmiz.

“Lokomotiv” Dilshod Komilovning dubli evaziga g‘alabaga yaqin edi, ammo bekobodliklar yakunda muvozanatni tikladilar. Bellashuvdan keyin Dilshod Komilov Sports.uz uchun qisqacha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Dilshodbek, "Lokomotiv"ga qaytishingizni dubl bilan nishonladingiz. "Metallurg" bilan uchrashuvda ikkita gol urdingiz. Kerak bo‘lsa, hujumchilar amalga oshira olmayotgan ishni himoyachi sifatida siz bajardingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

-  Assalomu alaykum! “Metallurg” bilan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Lekin g‘alaba qozona olmadik. Barchasi Allohdan. Gol urib jamoamga yordam berganimdan xursandman.

dilshod komilov6

- O‘yin durangga mos bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?

- Ha, o‘yin durangga mos bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Birinchi golingizni standartdan chiroyli tarzda amalga oshirdingiz. Bunga qanday ta’rif berasiz?

- Uzoq masofadan standart bo‘lsa, tepib gol urish niyatim bor edi. Bu amalga oshdi.

dilshod komilov3

- Bungacha oxirgi marta qachon gol urgandingiz yoki bu ilk golingiz bo‘ldimi?

- Chempionatda ilk gol urishim.

- Aslida gol urish vazifangiz bormidi? Ya’ni, murabbiyni sizga o‘yindan oldingi ko‘rsatmasi qanday edi?

- Meni vazifam himoyani mustahkamlash, gol o‘tkazib yubormaslik. Gol urishimga keladigan bo‘lsak, aynan kim to‘p kiritishi muhim emas, asosiysi, chiroyli o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonsak bo‘ldi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!