"Lokomotiv" bosh murabbiyi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi raqiblari haqida qanday fikrda?

  • 8 mart, 2023, 22:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. “E” guruhida “Qizilqum”, “Dinamo” va “Zomin” bilan bellashadi.

Tecno

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko Sports.uz saytiga qur’a haqida shunday dedi:

“Qur’a haqida to‘xtalsak, yaxshi guruhga tushdik. O‘ziga yarasha kuchli raqiblar – “Qizilqum”, “Dinamo” va “Zomin”. O‘tgan yili “Zomin” bilan o‘ynaganmiz va o‘shanda durang bo‘lgan. Bu ham yaxshi jamoa. “Qizilqum” Superliga klubi. Bizni guruhga tushgani yaxshi bo‘ldi. “Dinamo” pro ligada bizning asosiy raqobatchimiz. Qur’adagi guruhlarda faqat oxirgi guruhga tushunmadim. Barchasi birinchi liga va pro liga klublaridan tashkil topgan.

“Lokomotiv”da barcha maqsadlar jiddiy. Superligaga qaytishimiz kerak. Shu bois pro ligada barcha uchrashuvda yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilaman. Albatta, O‘zbekiston Kubogida ham kurashamiz. Kubokda oldingidek maksimal darajada kurashamiz”, - dedi Denis Vladimirovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!