
"Lokomotiv" 3 futbolchi bilan xayrlashganini e’lon qildi. Ulardan biri "Navbahor"ga o‘tdi (Foto)
“Lokomotiv”ni transfer oynasining birinchi kunida uch nafar futbolchi tark etdi. Bular - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Davron Hoshimov hamda yarim himoyachi Oybek Qilichev. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tajribali posbon Ignatiy Nesterov “temiryo‘lchilar” tarkibiga 2014 yil kelib qo‘shilgandi. U dastlab besh mavsum jamoa sharafini himoya qilib, uch bor O‘zbekiston chempioni, uch bor Kubok sohibi, bir bor Superkubok sohibi bo‘ldi. Shuningdek, 2016 yil jamoaning Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga qadar borishida munosib hissa qo‘shdi.
O‘tgan yilning ma’lum bir qismini Saudiya Arabistonining “Ohod” klubida o‘tkazgan Nesterov shundan so‘ng yana “Loko”ga qaytib, Superliga oxirgi beshta turida “temiryo‘lchilar” darvozasini himoya qildi.
Nesterov bu yilgi mavsumni ham “Loko” safida boshladi va jamoa sardori sifatida futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi. Lekin yozgi transfer oynasi payti u jamoa almashtirishga qaror qildi va bu niyatini “Lokomotiv” PFK rahbariyati darvozabon xohish-istagidan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatladi. Natijada har ikki tomon roziligi bilan Ignatiy Nesterov shartnomasi bekor qilinib, mohir darvozabon erkin agent sifatida "Loko"ni tark etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi "Navbahor"ga o‘tdi (Foto)
Ignatiy Nesterov "Lokomotiv"ni tark etdi. Tajribali darvozabon boshqa klubda shug‘ullanmoqda
Tajribali himoyachi Davron Hoshimov ham “Lokomotiv” bilan xayrlashdi. Bir yarim mavsum "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qilgan Hoshimov “Loko”ning o‘tgan yil O‘zbekiston chempionatida kumush medallarniqo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shdi. Shuningdek, yil boshida jamoaga qo‘shilgan tajribali yarim himoyachi Oybek Qilichev ham “temiryo‘lchilar”ni tark etdi.
Fikrlar