"Lokomotiv" 15 nafar yangi futbolchisini tanishtirdi

  • 29 fevral, 2024, 14:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Lokomotiv" stadioni anjumanlar zalida jamoa safiga qo‘shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur marosimda klub sport direktori Ravshan Muqimov, bosh menejer Marat Bikmaev hamda katta murabbiy Aleksandr Stoymirovich ishtirok etib, mavsumga tayyorgarlik, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa va boshqa savollarga javob berishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida futbolchilar tanishtirildi hamda ularga o‘z futbolkalari topshirildi. Futbolchilar tadbirni yoritish maqsadida tashrif buyurgan OAV xodimlariga intervyu berib, "Lokomotiv"ga o‘tishdan maqsad va yangi mavsumdagi niyat haqida o‘z fikrlarini bayon etishdi.

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!