
"Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi deyarli aniq
Yurgen Klopp mavsum so‘nggida "Liverpul"ni tark etishini e’lon qilganidan keyin rahbariyat uning o‘rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Variantlar orasida favorit Xabi Alonso edi, lekin ispaniyalik mutaxassis yana bir yil "Bayer"da qolishini e’lon qilganidan keyin klubning rejalari o‘zgardi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda "qizillar" "Sporting" ustozi Ruben Amorim uchun jiddiy harakat qilmoqda. 39 yoshli mutaxassisning Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Uning tovon puli esa 15 million evro qilib belgilangan.
"Liverpul" 15 million evroni to‘lashga tayyor, deya xabar berdi "TeleFootball" nashri. Tomonlar tez orada muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Amorim 2020 yildan beri "Sporting"ni boshqarib keladi. Bundan oldin esa "Braga"da ishlagan.
Fikrlar