"Liverpul"ning ikki yulduzi "Siti"ga qarshi final uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmaydi
Darvozabon Alisson hamda hujumchi Diogo Jota "Liverpul"ning Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuborishadi.
Alisson mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat oldi va "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuvdan (0:4) so‘ng o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmagan.
Bundan tashqari, portugaliyalik forvard ham jarohat tufayli ertangi bahsda maydonga tusha olmaydi.
Qayd etish lozim, Superkubok finali 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Fikrlar