
"Liverpul"da qolishni istamagan futbolchi Frantsiyadan qo‘nim topdi
“Liverpul” bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan yarim himoyachi Pedro Chirivel faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi “Nant” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, “Liverpul” ham Chirivelni tarkibda saqlab qolishga uringan va unga 5 yillik shartnoma ham taklif qilgan, ammo futbolchi buni rad etdi.
Fikrlar