“Liverpul” yulduzi “Barsa”ga o‘tishga tayyor!

  • 11 may, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” to‘purarlaridan Sadio Mane yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas, deb xabar tarqatdi Mundo Deportivo nashri.

Tecno

30 yoshli hujumchining liverpulliklar bilan amaldagi shartnomas yakunlanishiga bir yil qoldi. Tomonlar yangi bitim bo‘yicha hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q. 

Xavi boshchiligidagi “Barselona” murabbiylar shtabi Manening imkoniyati va salohiyatini juda yuqori baholamoqda.  Klub rahbariyati ham Mane uchun mablag‘ ajratishga tayyorligini bildirgan.

Mane bu mavsum 47 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 21 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi. Bu hujumchi Senegal terma jamoasi tarkibida Afrika Millatlar kubogida ham zafar quchdi.

Uning transferi 80 million evroga baholanmoqda. Biroq, kataloniyaliklar shartnoma oxirlab borayotganini inobatga olib, to‘lov summasini pasaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!