
"Liverpul" yarim himoyani "Barsa" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachilaridan biri Xarvi Elliotta ushbu mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "deadlinedaylive" sahifasi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Mersisayd klubi futbolchini sotish yoki ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga "qizillar" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni ko‘rib chiqmoqda.
Kataloniyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2029-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda.
Fermin joriy La Liga mavsumida 20 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar