"Liverpul" va PSJ "Real" futbolchisi uchun kurashadi

  • 21 fevral, 2024, 14:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Vinisius Junior kelasi yozda klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, braziliyalik vingerning transferiga Evropaning ikki grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

23 yoshli futbolchi uchun “Liverpul” va PSJ klublari kurash olib bormoqda. Avvalroq, mersisaydliklar Vinisiusning transferi uchun 200 million evro to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi. "Transfermarkt" portali uni 150 million evroga baholamoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Vini 16ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!