
“Liverpul” va “Manchester Yunayted” superfutbolchini talashyapti
“Bavariya” yulduzi Yozua Kimmixning hali jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani yo‘q.
Agar tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, “Bavariya” 2025 yilning yozida erkin agentga aylanadigan o‘yinchini yo yanvarda, yoki mavsum yakunlanishi bilan sotib yuborishi kerak bo‘ladi.
AS nashrining yozishicha, 28 yoshli universal futbolchi uchun kurashda “Liverpul” va “Manchester Yunayted” favorit hisoblanadi.
Bundan tashqari, “Manchester Siti” va “Barselona” ham tajribali o‘yinchining atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Kimmix “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatining boshida “Leyptsig”da ham to‘p tepgan.
“Bavariya” Yozuani 2015 yili 8,5 million evroga transfer qilgan. Keyinchalik uning transfer naxi o‘n baravardan ko‘proq ko‘tarildi. Hozir ham Kimmixni oladigan klub kamida 70 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar