“Liverpul” supertransferni rekord summaga hal qildi

  • 1 sentabr, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni uddaladi. Arne Slot jamoasiga “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isaak kelib qo‘shiladigan bo‘ldi.

Tecno

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lumot tarqatdi.

“Nyukasl” rahbariyati va shved futbolchisi o‘rtasida anchagina ziddiyat kelib chiqargan bu transfer uchun liverpulliklar 130 million funt sterling (150 million evro) sarflaydigan bo‘ldi.

Bungacha “qarg‘alar” chempion jamoaning 110 va 120 million funt sterling ko‘rsatilgan ikkita taklifini qabul qilmagan edi.

Aleksandr Isaakning o‘zi mersisaydliklar bilan shaxsiy shartnomasi ancha oldin kelishib olgan. Shunga qaramay, “Nyukasl” 25 yoshli forvardni qo‘yib yubormayotgandi. Isaak maqsadiga etish uchun mashg‘ulot,  o‘yinlarga kelmay qo‘ydi va bu jamoa uchun boshqa o‘ynamasligini uqtirdi.

“Nyukasl” rahbariyatining o‘yinchi bilan kelishishga urinishi ish bermadi.

Aleksandr Isaak “Nyukasl” tarkibida jami 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 62 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!