
"Liverpul" sobiq yulduzini ortga qaytarmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yana "Liverpul"ga qaytishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito TV nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL grandi 29 yoshli braziliyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, garchi bundan avval jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bunga qarshilik qilgan bo‘lsada.
Koutino bu mavsum "Barselona" safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar