“Liverpul” Saloh o‘rniga boshqa Muhammadni oladi

  • 2 iyun, 2024, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ni uzoq yillar davomida boshqargan Yurgen Klopp klubdan ketganidan keyin tarkibda ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Xususan, jamoaning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh ham jamoani tark etishi mumkin. Unga Saudiya Arabistonidan jiddiy va serdaromad takliflar bo‘lyapti.

Klub rahbariyati misrlik hujumchining ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Football Transfers nashrining yozishicha, mersisaydliklar Salohning o‘rniga Muhammad Qudusni olib kelmoqchi.

23 yoshli Muhammad Qudus o‘tgan yozda “Ayaks”dan “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tandi. Angliya klubidagi debyut mavsumida 45 ta uchrashuvda 14 ta gol va oltita assist qayd etdi va yangi muhitga tez moslasha olishini ko‘rsatdi.

Bu o‘yinchi liverpulliklarga 50 million evro atrofida tushishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!