"Liverpul" "Real" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi

  • 10 may, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Real"dan yarim himoyachi Aurelien Chuamenini ijaraga olmoqchi. Jurnalist Grem Beylining yozishicha, Yurgen Klopp frantsiyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Tecno

Chuameni "Real" Madriddagi faoliyatini juda ajoyib boshladi. Biroq jahon chempionatidan keyin u biroz passivlashdi va asosiy tarkibdagi barqaror o‘rnini yo‘qotdi. Orelen o‘tgan yozda 80 million evro evaziga "Monako"dan "Santyago Bernabeu"ga o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" o‘tgan yozda 23 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosini sotib olishga tayyor edi, ammo u "qirollik klubi"ga o‘tish variantini tanladi. Chuameni Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28ta o‘yinida ishtirok etdi va 4ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!