
"Liverpul" rahbariyati Trent Aleksandr-Arnoldning ketishidan afsusda
"Liverpul" klubi rahbari Tom Verner himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning "Real"ga o‘tganini izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub futbolchining qarorini hurmat bilan qabul qilgan va u bilan shaxsan uchrashib, minnatdorlik bildirgan.
"Men faqat - u shaxsan mendan klubning minnatdorligini eshitsin dedim" – dedi Verner.
U shuningdek, Trent o‘ziga 7 yoshli vaqtida akademiyada olingan suratni ko‘rsatganini va bu lahza juda ta’sirli bo‘lganini aytdi. Klub mutasaddisi futbolchining ketishi klub va muxlislar uchun alamli bo‘lganini ham tan oldi.
"Biz unga faqat omad tilaymiz. Biz ham ranjidik, lekin bu Trent bilan bog‘liq yoqimli xotiralarimizni soyalab qo‘ymaydi" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi jamoaning rahbarlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, angiyalik himoyachis yozda mersesaydliklarni tark etib, Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real Madrid"ga o‘tgan edi.
Fikrlar