"Liverpul" qishda 100 millionlik transferni amalga oshirishni reja qilyapti
"Liverpul" himoya chizig‘ida muammolarga duch kelmoqda. Buni anglagan mersisaydliklar yanvar oyidayoq transfer bozoriga chiqmoqchi. Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizillar"ning asosiy nishoni "Inter" a’zosi Alessandro Bastoni bo‘lib turibdi.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" Bastonining o‘yin sifatlarini yuqori baholamoqda va futbolchi uchun 100 million evro atrofida to‘lashga tayyor. Mersisaydliklar 26 yoshli italiyalik futbolchi mudofaa chizig‘ini qayta qurish loyihasiga a’lo darajada mos keladi, deb hisoblamoqda.
2025/2026-yilgi mavsumda Alessandro Bastoni 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi bitta gol urdi va jamoadoshlariga 3 martta gol urishda yordam berdi.
"Liverpul" navbatdagi o‘yinni 9 noyabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi bo‘ladi.



Fikrlar