
“Liverpul” o‘z tarixini o‘zgartirdi
Evropa Chempionlar ligasining uchinchi turi “Liverpul” uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etgani bilan xotiradan qoladigan bo‘ldi.
Arne Slot shogirdlari Germaniyaga safar qilib, “Leyptsig” maydonidan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi.
Shu orqali, liverpulliklar yangi mavsumda safar uchrashuvlari qatorasiga olti marotaba zafar quchdi. Bu klub tarixidagi rekord natija hisoblanadi.
Qolaversa, “qizillar” yangicha formatda o‘tkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasining dastlabki uchta uchrashuvini o‘z foydasiga hal qilib, musobaqada “Aston Villa” bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar