
“Liverpul” o‘z tarixidagi eng katta transferga qo‘l urmoqchi
Angliyaning “Liverpul” klubi Germaniya terma jamoasining asosiy yulduzini qo‘lga kiritmoqchi. “Cought Offside” nashri xabar berishicha, mersisaydliklar "Bavariya" bilan Jamol Musiala transferi borasida muzokaralarga kirishgan. Jamoaning yangi bosh murabbiy Arne Slot nemis futbolchisini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.
Manbada yozilishicha, 21 yoshli futbolchiga “Liverpul”dan tashqari “Real Madrid”, “Manchester Siti” va PSJ klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Myunxen klubi va Jamol o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilning yoz fasligacha mo‘ljallangan.
“Transfermarkt” portali Musialani 130 million evroga baholamoqda.
Fikrlar