
"Liverpul" o‘z maydonida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Angliya Premer ligasi 9-turi doirasida "Liverpul" o‘z maydonida "Lester"ni mehmon qilib, uchta to‘p farqida g‘alaba qozondi.
O‘yin mersisaydliklarning to‘laqonli ustunligida kechdi. Bahsning 23-daqiqasida Jonni Evans burchak zarbasidan so‘ng, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 41-daqiqada Diogo Jota qanotdan uzatib berilgan pasni boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobdagi farqni ikkitaga etkazib oldi.
Ikkinchi taymda "Lester" o‘yinni qutqarish uchun imkoniyatlar yarata olmadi. "Liverpul" esa, hisobni yiriklashtirish uchun harakatni davom ettirdi, o‘yinning 87-daqiqasida Roberto Firmino burchak zarbasini gol bilan yakunlab, o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Ushbu o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar