
“Liverpul” “ot”ni ertaroq qamchilamoqchi
“Liverpul” yozgi transferlar oynasi davrida yangi ijrochilar olish bo‘yicha rekord darajada xarajat qilib, jamoa tarkibini kuchaytirishga erishdi.
Biroq Arne Slot o‘zi ko‘zlagan hamma o‘yinchi ham qo‘lga kirita olgani yo‘q. “Kristal Pelas” rahbariyati jamoa sardori Mark Gexini “qizillar” jamoasiga qo‘yib yubormadi.
Gexining hozirgi klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois, mahoratli markaziy himoyachini Evropaning o‘nga yaqin katta klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. Buni inobatga olgan “Liverpul” mutasaddilari uni yanvardayoq xarid qilishni mo‘ljallayapti.
Transfer News Live va Football Insider nashrlarining ma’lumotiga ko‘ra, “Kristal Pelas” o‘yinchini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun yanvarda uni 25 million funtga sotib yuborishga tayyor. “Liverpul” ham orzusidagi himoyachini olish uchun bu talabni bajarishga rozi ekanini bildirdi. Bu orqali Arne Slot jamoasi raqobatchilarni ortda qoldirmoqchi.
Fikrlar