"Liverpul" Nunes o‘rniga markaziy hujumchi topdi

  • 6 mart, 15:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yozgi transfer oynasida "RB Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshkoni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.

"TBR Football" nashrining xabariga ko‘ra, Arne Slot yangi markaziy hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda, chunki Darvin Nunes jamoani tark etishga tayyor. 
 
"Arsenal" va "Chelsi" 21 yoshli hujumchi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Avvalroq, Sheshko London klublaridan biriga o‘tishga ko‘proq moyilligini bildirgan edi. 
 
Shunga qaramay, "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Aston Villa" ham futbolchining kelajagini kuzatib bormoqda. "Liverpul" esa so‘nggi haftalarda Sheshko haqida ma’lumot so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli hujumchi joriy mavsum 34 ta bellashuvda ishtirok etib, 17 ga ol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!