"Liverpul" London klubidan futbolchi olmoqchi

  • 18 yanvar, 2022, 18:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Fulxem" yarim himoyachisi Fabio Karvaloga qiziqish bildirmoqda. 19 yoshli futbolchining London klubi bilan shartnomasi yozda tugaydi, shu bois iyun oyida u mersisaydliklar safiga erkin agent sifatida tekinga o‘tishi mumkin.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, Karvaloga Londonning “Vest Xem” klubidan ham takliflar mavjud. Balki bu variant futbolchi uchun ko‘proq ma’qul bo‘lar, chunki "Bolg‘achilar" lagerida Fabioning tayanchda mustahkam o‘rnashib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Karvalo APLning 15 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!