
“Liverpul” ikki futbolchi uchun 200 million funt to‘laydi
“Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirib, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham yuqori natijalar uchun kurashishni maqsad qilgan.
TEAMtalk nashrining yozishicha, “qizillar” yozgi xaridlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Birinchi navbatda, klubni tark etishi kutilayotgan 33 yoshli Virjil van Deyk o‘rnini bosim uchun liverpulliklar “Bornmut”dan 19 yoshli Din Xyoysenni olib kelmoqchi.
Ispan futbolchisi uchun 50 million funt to‘lash talab etiladi.
Keyingi nomzod Aleksander Isaak. “Nyukasl”da o‘ynayotgan shved to‘purarini olish uchun “Liverpul” 150 million funt atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, Isaakning o‘zi ham Arne Slot jamoasiga o‘tishga moyillik bildirmoqda.
Fikrlar