
"Liverpul" hujumchisiga narx belgiladi
Darvin Nunes yozgi transfer oynasida "Liverpul" klubini tark etishi mumkin.
Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, ingliz klubi urugvaylik hujumchini kamida 70 million evroga baholamoqda — aynan shuncha miqdorda taklifni "An-Nasr" qishki transfer oynasida bergan, biroq o‘shanda kelishuv amalga oshmagan. Bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan transfer summasi futbolchining statistik ko‘rsatkichlariga ham asoslanadi: asosiy tarkibda boshlangan 49 o‘yinda Nunes 25 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish hali ham mumkin bo‘lgan variantlardan biri bo‘lib qolmoqda, biroq futbolchining o‘zi faoliyatini Evropaning top-ligalaridan birida — La Liga yoki A Seriyada davom ettirishga moil. Qiziquvchilar qatorida Madridning "Atletiko" klubi tilga olinmoqda. Avvalroq "Al-Hilol" ham Nunesga qiziqqan, uni klub o‘rtasidagi jahon chempionatiga kuchaytirma sifatida ko‘rgan edi, biroq musobaqa uchun ro‘yxatga olish oynasi allaqachon yopilgan.
Yakunlangan APL mavsumida Nunes 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Fikrlar