"Liverpul" hujumchisi yozda klubdan ketadi

  • 22 aprel, 15:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvin Nunes yozda "Liverpul"ni tark etadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, urugvaylik hujumchi mavsum yakunida "mersisayd" klubidan ketadi. Bu qarorni "Liverpul" va futbolchining vakillari ma’qullamoqda.

Tecno

Ta’kidlanishicha, Nunes yanvar oyida Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan, biroq, klub uni mavsum o‘rtasida sotishdan voz kechgan.

Ma’lumot uchun, Darvin 2022 yilda "Benfika"dan "Liverpul" safiga 75+25 million evro evaziga o‘tgan edi. U joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!