“Liverpul” etakchisiga Evropa grandlaridan jiddiy taklif bor

  • 25 may, 2022, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning etakchi futbolchilaridan biri Sadio Mane yozgi transferlar oynasi vaqtida boshqa klubga o‘tishi mumkin.

Tecno

"Sport.es" nashriga ko‘ra, senegallik hujumchiga “Barselona”, “Bavariya” va PSJ klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda 30 yoshli forvard uchun kurashda Parij grandi etakchilik qilmoqda. Mane katta ehtimol bilan keyingi mavsum Mbappe boshchiligidagi jamoada o‘ynaydi.

Afrikalik futbolchining transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Sadio joriy mavsum “qizillar” safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 16 gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!