
“Liverpul” chempionning kelishini kutmoqda
“Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara o‘ziga qator klublardan taklif bo‘layotganiga qaramay, faoliyatini “Liverpul”da davom ettirmoqchi.
Biroq, “Liverpul” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida katta xarajatlarga tayyor emas. Shu bois Klopp Timo Vernerni ham jamoaga olib kela olmadi. Agar myunxenliklar futbolchining transfer summasini pasaytirmasa, Tyagoning orzusi armonga aylanadi.
Alkantara joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar