
"Liverpul" bu mavsum APLni yuta olmaydi. Sababini Gari Nevill tushuntirdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi va hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill "Liverpul" bu mavsum APLda chempionlikni qo‘lga kirita olmasligi sababini tushuntirdi.
“Qizillar” mavsumni yaxshi o‘tkazayotgandek tuyuladi. Balki ular Chempionlar ligasiga yo‘llanmasiga ega bo‘lishar. Lekin, to‘g‘risini aytsam, «Liverpul» va «Vulverxempton» o‘rtasidagi o‘yinda Angliya chempionligiga da’vogar jamoani ko‘rmadim. “Liverpul” “Arsenal” va “Manchester Siti”dan ancha yomonroq. Bu hech kim uchun yangilik deb o‘ylamayman”, - deya Nevill so‘zlarini keltiradi Britaniyaning Evening Standard internet nashri.
Hozircha «Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 6 o‘yindan keyin 15 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar