"Liverpul" Arnoldga o‘rinbosar topdi

  • 9 fevral, 17:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchini tanladi. "Qizillar" tarbiyalanuvchisi 2024/2025 yilgi mavsum yakunida Madridning "Real" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

"TodoFichajes" portali ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar Trentning o‘rniga Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi, 21 yoshli Malo Gustoni transfer qilishni xohlashmoqda. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda, uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2030-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Gusto Angliya Premer-ligasida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi bitta golli uzatma amalga oshirdi va uchta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!